Tahririyat qoidalari
Biz xabarlarni aniq, tushunarli va manbasi koʻrsatilgan holda yetkazishga harakat qilamiz.
Manbalar
Har bir xabar ostida manba koʻrsatiladi. Nomsiz «ekspertlar» va tekshirib boʻlmaydigan maʼlumotlardan foydalanmaymiz. Boshqa nashrlar mavzusi oʻz soʻzimiz bilan bayon etiladi.
Mavzu tanlash
Ustuvor: muhim siyosiy va ijtimoiy voqealar, jamiyatni qiziqtirgan hodisalar, favqulodda vaziyatlar. Rasmiy protokol xabarlari, reklama mazmunidagi va ahamiyatsiz xabarlar berilmaydi.
Video va suratlar
Begona videolar qisqa, dalil sifatida va manbasi koʻrsatilgan holda beriladi. Qonli va shafqatsiz kadrlar koʻrsatilmaydi. Sunʼiy ravishda yaratilgan «hujjatli» suratlardan foydalanilmaydi.
Sunʼiy intellektdan foydalanish
Boshlovchilar obrazi va ovozi sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan. Matnlarni tayyorlashda ham AI vositalari qoʻllanadi; mazmun uchun masʼuliyat tahririyatda.
Xatoni tuzatish
Xato yoki noaniqlik haqida xabar bersangiz, tekshiramiz. Tasdiqlansa, tuzatish xabar sahifasiga, video tavsifiga va imkon boʻlsa keyingi songa kiritiladi.
«Obunachidan» rukni
Tomoshabinlar yuborgan videolar tahririyat tekshiruvidan oʻtgach efirga beriladi. Muallif ismi faqat uning roziligi bilan aytiladi.