Baxmalga birinchi qor keldi
Yurtimizning ayrim hududlarida kuzning oxirgi oyidayoq kutilmagan qish manzaralari namoyon boʻla boshladi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Jizzax viloyatining Baxmal tumani oppoq qor bilan qoplangani koʻrish mumkin. Mazkur tasvirlarda bolalar qor kechib maktabga ketayotgani aks etgan.
Ob-havoning keskin oʻzgarishi va hududga qor yogʻishi mahalliy aholi hamda oʻquvchilarga oʻzgacha kayfiyat ulashdi. Sinoptiklarning oldindan bergan ogohlantirishlariga koʻra, respublikamiz boʻylab haroratning pasayishi va yogʻingarchiliklar kuzatilishi mumkin. Shu bois, yoʻllarda va togʻli hududlarda harakatlanishda xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilish tavsiya etiladi.
Bu kabi tabiat oʻzgarishlari oldinda bizni sovuq qish mavsumi kutayotganidan darak beradi.