Norvegiya uchun oʻzbek svarshiklari
Agentlik migratsiyasi maʼlumotlariga koʻra, Yevropa davlatlarida, xususan Norvegiyada malakali payvandlovchilarga boʻlgan ehtiyoj keskin oshgan. Norvegiya bozorida birgina mutaxassisga boʻlgan talab 4 mingdan 5 ming nafargacha yetadi, butun Yevropa boʻylab esa bu koʻrsatkich 30 mingga yaqinlashadi. Shu sababli Oʻzbekistonda mahalliy mutaxassislarni bevosita norvegiyalik ekspertlar standartlari asosida tayyorlash loyihasi boshlab yuborildi.
Texnikumlar bazasida tashkil etiladigan oʻquv kurslarida dastlab oʻqituvchilarning malakasi oshirilib, xalqaro sertifikatlar beriladi. Norvegiyalik mutaxassis Erik Engning tashrifi doirasida dehon-neft va yashil energetika obʼyektlari talablariga mos keluvchi maxsus oʻquv dasturlari joriy etilishi koʻzda tutilgan.