Bosh sahifa / Jamiyat / Kechki son · 20:00
JAMIYATOshdagi fojiali yongʻin tafsiloti
[MAVZU AVVAL BERILGAN — yangi tafsilot] Qirgʻizistonning Osh shahrida sodir boʻlgʻan dahshatli yongʻin oqibatida uch nafar voyaga yetmagan qizcha halok boʻldi. Usta Abduxalil koʻchasidagi xususiy turar joy binosida chiqqan olov 120 kvadrat metr maydonni qamrab olib, bir necha soatda oʻchirildi. Yongʻin bartaraf etilgach, uy ichidan 2013, 2016 va 2018 yillarda tugʻilgan uch nafar opa-singilning jasadlari topildi.
Shuningdek, 1991 yilda tugʻilgan uy egasining tanasi 60 foizgacha kuyib, kasalxonaning jonlantirish boʻlimiga yotkizildi. Mutaxassislarning dastlabki xulosasiga koʻra, fojiaga oshxonadagi elektr tarmoqlaridagi nosozlik sabab boʻlgan.
Manba: zamin.uzVideo va suratlar — koʻrsatilgan manbalarniki.Boshlovchi sunʼiy intellekt (AI) yordamida yaratilgan. Xabar ochiq manbalardan olingan va tahririyat tomonidan tekshirilgan.Xato yoki noaniqlik topdingizmi? Tahririyatga yozing — tekshirib, tuzatishni shu sahifaga kiritamiz.