Tarixiy layner suvga choʻktirildi
Florida sohillari yaqinida mislsiz ekologik va muhandislik loyihasi amalga oshirildi. Uzunligi qariyb 302 metrni tashkil etuvchi tarixiy yoʻlovchi layneri SS United States kemasi ataylab suvga choʻktirildi. Bu tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad hududda dunyodagi eng katta sunʼiy rifni barpo etishdan iborat.
Choʻktirish jarayonidan oldin layner barcha ekologik va xavfsizlik talablari asosida mutaxassislar tomonidan chuqur tozalash hamda tayyorlov bosqichlaridan oʻtkazilgan edi. Endilikda ushbu ulkan kema qoldiqlari dengiz jonzotlari va organizmlari uchun qulay yashash muhitiga hamda mashhur dayving maskaniga aylanadi. Mutaxassis olimlar kema atrofida yangi suv osti ekotizimining shakllanishini, suv tarkibidagi oʻzgarishlarni va dengiz flora hamda faunasining rivojlanishini yaqindan kuzatib boradi.