Bosh sahifa / Jamiyat / Kechki son · 20:00
JAMIYATUrganchdagi Darital bozorida yirik yongʻin chiqdi
Xorazm viloyatining Urganch shahrida joylashgan markaziy «Darital» bozori hududida kuchli yongʻin sodir boʻldi. Tarqalgan kadrlarda alanga bozorning bir nechta savdo rastalarini egallab olganini va atrofni qora tutun qoplaganini koʻrish mumkin. Favqulodda vaziyatlar vazirligining oʻt oʻchirish va qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, olovni jilovlash ishlarini olib bordi.
Tovar-moddiy boyliklarni saqlab qalish va xodisani bartaraf etish choralari koʻrildi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va yetkazilgan moddiy zarar miqdori haqida rasmiy maʼlumotlar aniqlashtirilmoqda.
Manba: t.me/qoraxabarVideo va suratlar — koʻrsatilgan manbalarniki.Boshlovchi sunʼiy intellekt (AI) yordamida yaratilgan. Xabar ochiq manbalardan olingan va tahririyat tomonidan tekshirilgan.Xato yoki noaniqlik topdingizmi? Tahririyatga yozing — tekshirib, tuzatishni shu sahifaga kiritamiz.