Tarixiy yodgorliklar buzib tashlandi
Mamlakatda yil boshidan buyon yigirmati ostidagi arxeologiya yodgorligiga jiddiy zarar yetkazilgani maʼlum boʻldi. Bosh prokuratura va Madaniy meros agentligining qoʻshma nazorat tadbirlari davomida Samarqand viloyatidagi Talligʻulontepa yodgorligi ogʻir texnika yordamida vayron qilingani aniqlandi. Jumladan, ushbu tarixiy obidaning yuz toʻqqiz kub metr qismi ogʻir texnikalar orqali buzib tashlangan.
Bundan tashqari, respublika boʻylab qariyb ellikka yaqin yodgorlikning muhofaza hududida oʻzboshimchalik bilan uy-joylar va hatto hojatxonalar qurilgani fosh etildi. Shahrisabzdagi Sariqtepa yodgorligi hududiga ham uchta turar joy binosi noqonuniy ravishda qad koʻtargan. Aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan sakkizta jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, masʼul shaxslar javobgarlikka tortildi.