Oʻzbekistonning toʻrt maxsus kuchi
Oʻzbekiston qurolli kuchlari tarkibidagi toʻrtta eng kuchli maxsus boʻlinma haqida maʼlumotlar ochiqlandi. Mudofaa vazirligining Maxsus operatsiyalar kuchlari yaqinda Amerikadagi musobaqada 20 kilogramm yuk bilan 20 kilometr masofani 1 soat 48 daqiqada bosib oʻtib, jahon rekordini oʻrnatdi. Milliy gvardiyaning «Qalqon» boʻlinmasi esa oʻzining qattiq sinovlari bilan mashhur — 300 nafar harbiydan faqat 85 nafari «Alvon beret» olishga muvaffaq boʻlgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining «Burgut» brigadasi esa bevosita Prezidentga boʻysunadi va uning tarkibi sir saqlanadi. Ichki ishlar vazirligining «Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi» esa eng xavfli jinoiy toʻdalarni qoʻlga olish bilan shugʻullanadi. Bu boʻlinmalar mamlakat xavfsizligini taʼminlashda eng muhim boʻgʻin hisoblanadi.