Tesla avtopiloti yangilandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Tesla elektromobillarining yangilangan avtopilot tizimi qanday ishlashi koʻrsatilgan video keng tarqaldi va foydalanuvchilarning qiziqishiga sabab boʻldi. Zamonaviy kameralar va kuchli neyrotarmoqlar yordamida haydovchilarga yanada qulaylik yaratilib, avtomobil atrofidagi jarayonlar real vaqt rejimida ekranda toʻliq qayta tiklab koʻrsatilmoqda. Bundan tashqari, ekrandagi istalgan nuqtaga birinchi marta teginish orqali avtomobilni aynan oʻsha yoʻnalishga boshqarish mumkinligi va oldindagi burilishlar maxsus strelkalar bilan belgilanishi qayd etildi.
Mazkur yangilanish hozirda 2023–2024 yillarda ishlab chiqarilgan va undan yangiroq boʻlgan barcha Tesla Model S, 3, X, Y hamda Cybertruck modellari egalari uchun toʻliq amaliyotga joriy etildi.