Bosh sahifa / Jamiyat / Tezkor yangiliklar · 11:00
JAMIYATBank xodimi pullarni yutqazdi
Andijon shahrida mijozlarning xalqaro pul oʻtkazmalariga masʼul boʻlgan bank xodimi 3,2 milliard soʻmdan ortiq mablagʻni onlayn qimor oʻyinlariga tikib yuborgani aniqlandi. U pullarni oʻz plastik kartasiga oʻtkazib olgan va jismoniy shaxslarning mablagʻlarini qaytarish vaqtida kamomad fosh boʻlgan. Gumonlanuvchi qilgan ishidan afsusda ekanini bildirib, bu oʻyinlar faqat pul emas, hayotni ham yutqazish bilan tugashini aytdi.
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining xabar qilishicha, hozirda u qamoqqa olinib, jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilgan.
Xabar sizga yoqdimi?
Manba: gazeta.uzVideo va suratlar — koʻrsatilgan manbalarniki.Boshlovchi sunʼiy intellekt (AI) yordamida yaratilgan. Xabar ochiq manbalardan olingan va tahririyat tomonidan tekshirilgan.Xato yoki noaniqlik topdingizmi? Tahririyatga yozing — tekshirib, tuzatishni shu sahifaga kiritamiz.