Kompensatsiya olish yengillashdi
Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun kompensatsiya tayinlash tartibida muhim yengillik yaratildi. Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq, ijtimoiy yordam tayinlashda daromad mezoni oshirildi. Endilikda oilaning har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromad chegarasi 1 million 72 ming 500 soʻmdan 1 million 430 ming soʻmgacha koʻtarildi.
Bu qaror qish mavsumida energetika xarajatlarini qoplashda koʻproq oilalarga davlat koʻmagini olish imkonini beradi. Fuqarolar kompensatsiya olish uchun arizalarni «Baraka» mobil ilovasi yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshirishlari mumkin. Shuningdek, Davlat xizmatlari markazlari, «Inson» markazlari va mahalladagi ijtimoiy xodimlarga murojaat qilish imkoniyati ham mavjud.
Ushbu mexanizm kam taʼminlangan oilalarni manzilli qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi.