Bosh sahifa / Jamiyat / Tezkor yangiliklar · 17:00
JAMIYATAndijonda elektr tarmoqlari xodimlari ushlandi
Andijon tumanida elektr hisoblagichga tashqi taʼsir koʻrsatilgani uchun hisoblangan katta miqdordagi qarzdorlikni kamaytirib berishni vaʼda qilgan shaxslar qoʻlga olindi. Hisoblangan 400 million soʻmlik zararni 65 million soʻmga tushirib berish evaziga ular fuqarodan 2000 dollar talab qilgan. Elektr tarmoqlari korxonasining ikki nafar xodimi mazkur pulni olayotgan vaqtida tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Manba: gazeta.uzVideo va suratlar — koʻrsatilgan manbalarniki.Boshlovchi sunʼiy intellekt (AI) yordamida yaratilgan. Xabar ochiq manbalardan olingan va tahririyat tomonidan tekshirilgan.Xato yoki noaniqlik topdingizmi? Tahririyatga yozing — tekshirib, tuzatishni shu sahifaga kiritamiz.