Ispaniya terma jamoasi rekordi
Ispaniya milliy futbol jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente UYEFA Millatlar ligasi doirasida Chexiya ustidan qozonilgan ishonchli gʻalabadan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Ispanlar ushbu zafar orqali oʻzlarining qatorasiga oʻn ikkinchi oʻyindagi gʻalabasini rasmiylashtirib, asosiy oʻyin vaqtidagi magʻlubiyatsiz seriyasini qirqta uchrashuvdan oshirdi va yangi rekord oʻrnatdi. Murabbiy matbuot va ayrim muxlislar tomonidan boʻlayotgan tanqidiy fikrlarga javob berarkan, jamoaning ishidan koʻngli toʻqligini taʼkidladi.
«Ayrim insonlarning boshqa narsalarga eʼtibor qaratayotgani biz oʻz ishimizni aʼlo darajada bajarayotganimizni isbotlaydi», — dedi de la Fuente. Mutaxassis jamoa koʻplab golli imkoniyatlar yaratganini, ammo baʼzi vaziyatlarda sovuqqonlik yetishmaganini ham qoʻshimcha qildi.