Qoraqalpogʻistonda yoʻllarni taʼmirlash ishlari boshlandi
Qoraqalpogʻiston Respublikasida avtomobil yoʻllarini taʼmirlash va hudud infratuzilmasini tubdan yaxshilash boshlab yuborildi. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, Qoʻngʻirot tumanida bu ishlar uchun oʻttiz yarim milliard soʻm, Chimboy tumanida esa toʻqqiz milliard soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilgan. Shuningdek, ogʻir hududlarni rivojlantirish dasturi asosida toʻrtta tumanda qariyb yetmish toʻrt kilometr yoʻlni tartibga keltirishga toʻqqon bir milliard soʻmdan ziyod mablagʻ sarflandi.
Tabiiy ofatlar oqibatida talafot koʻrgan yettita koʻprik va bitta yoʻl ham toʻliq tiklanib, buning uchun oʻn yetti milliard soʻmdan ortiq mablagʻ oʻzlashtirildi. Ayni paytda masʼullar ajratilgan mablagʻlarning samaradorligi va yoʻllarning sifatiga alohida eʼtibor qaratmoqda.