Priyonka Chopraning qizi hindcha duo oʻqidi
Hindistonlik mashhur aktrisa Priyonka Chopra oʻz sahifasida toʻrt yoshli qizi Malti Mari ishtirokidagi taʼsirli videoni ommaga namoyish etdi. Videoda kichik Malti uydagi kichik ibodatxona qarshisida onasining tirsagida oʻtirib, qadimgi hind duosi «Gayatri mantra»ni yoqimli ohangda yoddan o‘qiyotgani aks etgan. Qizchaning har bir soʻzni aniq va oʻziga xos ohangda talaffuz qilishi aktrisaning ham qalbini eritdi.
Jarayondan cheksiz zavq olgan Priyonka qiziga qarab uning juda goʻzal chiqish qilganini alohida eʼtirof etdi. Ushbu kadrlar orqali mashhur yulduz oʻz farzandini turli madaniyatlar uygʻunlashgan muhitda tarbiyalash bilan birga, milliy urf-odat va qadriyatlarni ham chuqur singdirib borayotganini koʻrsatdi. Internet foydalanuvchilari qizchaning mehr bilan aytgan duosiga iliq munosabat bildirdi.