Robert Pattinson — yangi Jeyms Bond
Yangi Jeyms Bond rolini mashhur aktyor Robert Pattinson ijro etadigan boʻldi. Amazon-MGM studiyasi 40 yoshli britan aktyorini agent 007 sifatida tasdiqladi. Bu haqdagi rasmiy eʼlon franshizaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida paydo boʻldi. Pattinson bu rolda 15 yil davomida Bond boʻlgan Deniel Kreygning oʻrnini egallaydi. Yangi filmga mashhur rejissyor Deni Vilnyov boshchilik qiladi. U «Dyuna» va «Pichoq ustida yuguruvchi 2049» kabi asarlari bilan tanilgan. Pattinsonning oʻzi bu rolni hayotidagi eng katta sharaf deb atadi.
Robert Pattinson «Betmen» va «Dovod» filmlaridagi ijrosi bilan muxlislar mehrini qozongan. Studiya rahbariyati uning mashhurligi kassaboplikni taʼminlashiga ishonmoqda. Bu bondiana tarixidagi 26-rasmiy film boʻladi va unda aktyorning mahorati yangicha qirralarini ochishi kutilmoqda. Filmning nomi va suratga olish muddatlari hozircha sir tutilmoqda. Muxlislar yangi Bond obrazi qanday boʻlishini intizorlik bilan kutishmoqda. Studiya yaqin orada loyiha haqida qoʻshimcha maʼlumot berishni vaʼda qildi.